
Ana xolos! O‘zbekistonlik legionerga 45 daqiqa kifoya qildi!
Rossiya Milliy futbol ligasi 10-turda o‘zini ko‘rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu ramziy jamoa tarkibiga “Nefteximik”da to‘p surayotgan hamyurtimiz Vagiz Galiulin ham kiritildi. “Nefteximik” mazkur turda o‘z maydonida bir paytlar Rossiya chempioni bo‘lgan “Alaniya”ni qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi oxirida mezbonlar vakili David Xubaev maydondan chetlatilgach, “Neftexemik” bosh murabbiyi ikkinchi bo‘limda maydonga Galiulinni tushirdi.
Tajribali futbolchimiz bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotgan jamoasining mustahkam himoyalanishiga yordam berish bilan birga, o‘tkir hujumlar bilan “Alaniya” darvozasiga xavf solib turdi. Keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuvda “Nefteximik”, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolib, qimmatli bir ochkoni qo‘lga kiritdi.
FNL ramziy terma jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Ta’kidlash joizki, Vagiz Galiulin 3-tur uchrashuvida dubl muallifi sifatida ham ramziy terma jamoaga kiritilgan edi.
Fikrlar