Ana xolos! PSJ Ramos bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

  • 01.11.2021 16:20
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mavsum avvalida PSJ bilan shartnoma imzolagan Serxio Ramos erkin agentga aylanishi mumkin.

"Le Parisien" nashri xabariga ko‘ra, Parij klubi 35 yoshli ispaniyalik bilan shartnomani bekor qilish haqida o‘ylamoqda. Bu rahbariyat tomonidan ancha haqiqatga yaqin variant sifatida ko‘rilyapti. Boisi, Ramos hamon klub safida debyut qilib ulgurmadi.

Serxio iyul oyida mushaklaridan olgan jarohatini hamon tiklay olmadi. Imkon qadar tezroq safga qaytishga harakat qilgan "El-kapitano" to‘liq davolanmagani uchun jarohatini yangiladi. Hozirda u individual mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Ma’lumot uchun, Ramos "Real"dagi 16 yillik faoliyatidan so‘ng parijliklar tarkibiga kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!