Ana xolos! PSJga qarshi o‘yindan oldin "Real" yana bir jiddiy yo‘qotishga uchradi

  • 16 sentabr, 2019, 21:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasi guruh bosqich dastlabki turidan o‘rin olgan PSJga qarshi o‘yindan oldin jiddiy yo‘qotishga uchradi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra braziliyalik himoyachi Marselo “Levante”ga (3:2) qarshi o‘yindan so‘ng tibbik ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra umurtqa pog‘onasidagi kichik jarohat sabab u PSJga qarshi o‘yinda ishtirok etolmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Isko, Luka Modrich, Marko Asensio, Federiko Valverde, Serxio Ramos va Nacholar ham jarohat olishgan. Ular ham EChL 1-tur uchrashuvini o‘tkazib yuborishadi.

Ma’lumot uchun, PSJ – “Real” bahsi 18 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!