Ana xolos! Ramos to‘yiga Ronalduni taklif qilmadi

  • 14.06.2019 11:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos 15 iyun kuni o‘z sevgilisi Pilar Rubio bilan nikoh to‘yini o‘tkazishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli futbolchining to‘yiga 500 nafar mehmonning tashrifi kutilmoqda. Ular asosan Ramosning "Real" hamda Ispaniya terma jamoasidagi hozirgi va sobiq jamoadoshlari, shuningdek, “qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidan va prezidenti Florentino Pereslardir.

Qizig‘i, Ramos "Real"ning barcha afsonalarini nikoh oqshomiga taklif qildi, faqat Krishtianu Ronaldudan tashqari. Ma’lumotlarga qaraganda portugaliyalik futbolchi "Yuventus"ga o‘tib ketgach, ular o‘zaro gaplashmay qo‘yishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!