Ana xolos! Rayan Garsiya Xaver Fortuna bilan jangdan voz kechdi

  • 27 aprel, 2021, 12:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning engil vazn toifasida (-61,2 kg) WBC vaqtinchalik jahon chempioni hisoblangan Rayan Garsiya 9 iyul kuni Xaver Fortuna bilan belgilangan jangda ringga ko‘tarilmasligini bildirdi.

Tecno

"Bilaman, bu xabar mening muxlislarimni ranjitishi mumkin. Lekin afsus bilan shuni e’lon qilamanki, 9 iyul kungi jangda ishtirok etmayman. Hozirgi vaqtda o‘z sog‘ligim haqida o‘ylash men uchun muhimroq. Men o‘zimning yanada yaxshiroq holatimga chiqish uchun biroz muddat tanaffus olishga qaror qildim. O‘zimni yana sog‘lom his qilishim bilanoq ringga qaytishga umid qilaman“, - deb yozadi Garsiya Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!