Ana xolos! “Real” katta transferdan voz kechdi

  • 20.11.2022 20:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” rahbariyati bir necha superklublar o‘rtasida talash bo‘layotgan Jud Bellingem uchun kurashdan chiqqanini  ma’lum qildi.

Madridliklar “Borussiya”ga angliyalik futbolchi uchun 100 million evrogacha badal puli to‘lashga tayyorligini bildirgan. Biroq dortmundliklar eng kuchi futbolchisini 150 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Bu summa “Qirollik klubi”ga og‘irlik qiladi.

Jud Bellingemga hozirning o‘zida “Liverpul”, “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” ham da’vogar hisoblanadi.

Judning dortmundliklar bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyunigacha tuzilgan. Joriy mavsumda 22 ta o‘yinda qatnashgan angliyalik futbolchi to‘qqizga gol va uchta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!