Ana xolos! “Real” kutgan Mbappeni “Barselona” oladi

  • 21.10.2021 22:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Pari Sen-Jermen” hujumchisi mavsum yakunlanishi bilan Frantsiya chempionatini tark etishi kutilmoqda. Yosh to‘purar parijliklarning barcha takliflarini rad etdi va boshqa chempionatga o‘tish tadorigini ko‘rmoqda.

Mbappega asosiy da’vogar sifatida “Real” tan olingan. Biroq, “Barselona” asosiy raqobatchisining kuchayib ketishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas. Kataloniyaliklar Mbappeni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.

Buning uchun ular futbolchi “Barselona”ni tanlasa, 90 million evro miqdorida bonus ajratmoqchi. Kataloniyaliklar “Real” Mbappega 50 million evrodan ortiq bonus taklif qila olmasligiga ishonmoqda va bundan unumli foydalanib qolmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ 2017 yildan buyon klub sharafini himoya qilib kelayotgan 22 yoshli Mbappeni yozgi transferlarning so‘nggi kunlari “Real”ga 170 million evroga sotmagan edi. Yozda parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yakunlanadigan hujumchi joriy mavsumda Frantsiya chempionatida o‘nta uchrashuvda beshta gol urdi va to‘rtta golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sultanov Nodirbek
22/10/2021 18:26
Mbappe rozi boʻlmasa kk. U Real da oʻynashni koʻproq xohlaydi