
Ana xolos! “Real” Mbappe o‘rniga beshta yulduz hujumchiga og‘iz solmoqda
“Real” hujumga mo‘ljallagan asosiy to‘purarlar – Kilian Mbappe va Erling Xolanddan quruq qoldi.
Madridliklar shu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. Ular yozgi transferlar vaqtida yulduz darajasidagi beshta futbolchi bilan hamkorlik o‘rnatishni rejalashtirmoqda.
Madridga taklif etiladiganlar orasida Robert Levandovski, Harri Keyn, Darvin Nunes, Rafael Leau va Kristofer Nkunku bor.
Bu o‘yinchilarning hammasi o‘z klubida asosiy to‘purar hisoblanadi va amaldagi shartnomasi davom etmoqda.
Ulardan birini olish uchun ham “Qirollik klubi” yaxshigina xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar