
Ana xolos! "Real"ga qotil kerak
"Real" Madrid klubi sobiq hujumchisi Ugo Sanchesning so‘zlariga ko‘ra, “qirollik klubi”ga juda ko‘p gol uradigan hujumchi kerak.
“Real”ga qotillik instinkti bor hujumchi kerak. Bu Ronaldu edi. U bu vazifani uzoq yillar bajarib keldi. Endi “Real” xuddi shunday yana bir futbolchi topishi kerak.
Benzema - yuqori darajali futbolchi, ammo qotil emas. U ikkinchi darajali hujumchi sifatida a’lo darajada o‘ynaydi, lekin u markaziy hujumchi vazifasini bajarolmaydi. U qotil futbolchi yonida yaxshi o‘ynaydi.
Keyn menda yaxshi taassurot qoldirayotgan edi, ammo jarohatlar uning rivojlanishini to‘xtatib qo‘ydi. Levandovski yaxshi, lekin u endi yosh emas. Yaxshi hujumchi topish oson emas”, - deydi Sanches.
32 yoshli Benzema joriy mavsum “Real” safida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 19 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar