
Ana xolos! Ronaldu "Ayaks"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi
“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 26 mart kuni Serbiyaga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi. 34 yoshli futbolchi ayni damda ushbu jarohatidan tiklanish muolajalarini davom ettirmoqda.
Turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining ma’lum qilishicha Ronaldu katta ehtimol bilan 10 aprel kuni “Ayaks”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL 1/4 final dastlabki uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin. Boisi, Krishtianu ushbu o‘yingacha tiklana olmasligi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum “Yuventus” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 24ta gol urishga erishdi.
Fikrlar