
Ana xolos: Ronaldu Braziliya klubi o‘tishi kutilyapti
Krishtianu Ronalduning “An-Nasr” klubi bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi. Tomonlarning hamkorlikni uzaytirish uchun boshlagan muzokaralari to‘xtatilgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Bunga sabab sifatida Ronaldu va “An-Nasr” hamkorligi kutilgan samarani bermadi. Mashhur yulduzga katta pul sarflayotgan klub ham, doimiy tarzda sovrinlarni qo‘lga kiritishga ko‘nikkan Ronaldu ham hamkorlik davrida birorta musobaqada g‘olib chiqqani yo‘q.
Marca nashrining yozishicha, Braziliyaning nomi oshkor etilmayotgan klubi 40 yoshli hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Bu klub Ronalduga bozor sharoitidan yuqori bo‘lgan imkoniyatlarni taqdim qilmoqchi. Bir necha tashqi homiylar ham bu loyihani qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.
Hozircha ma’lum bo‘lgani, Ronalduni olmoqchi bo‘lgan klub portugaliyalik futbolchi orzu qilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi.
15 iyundan boshlanib, bir oy davom etadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga FIFA Braziliyadan “Palmeyras”, “Flamengo”, “Fluminense” va “Botafogo” jamoalarini jalb qilgan.
Fikrlar