Ana xolos! Ronaldu: Men ketaman!

  • 27 may, 2021, 20:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, 36 yoshli hujumchi jamoadoshlariga yozda Turindan ketishga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytgan.

“Yuventus” aktsionerlari kengashi ham yaqin o‘rtada Ronalduning ketishi bo‘yicha bir qarorga kelishi kutilmoqda. Ular sarmoyani boshqa o‘yinchilarga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.

“Yuventus”ni boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatoriga Massimiliano Allegrining kiritilishi ham portugaliyalik yulduzni ketishini tezlashtirib yuboradi. Bu mutaxassis o‘z shogirdlari orasida jamoaga ta’sir o‘tkazadigan yulduzlarni bo‘lishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.

Ronaldu joriy mavsumda barcha turnirlarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini 36 marotaba ishg‘ol qildi va to‘rtta golli pas oshirdi. Shuningdek, 29 ta gol bilan A Seriya to‘purari bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!