Ana xolos! Saidyoqub Qahramonov Muradov_Professonal_ Liga bilan shartnoma imzoladi

  • 16 mart, 2023, 10:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, hamyurtimiz Saidyoqub Qahramonov bilan UFC promousheni kutilmaganda shartnomani bekor qilgandi. Yurtdoshimizning ushbu voqelikdan so‘ng, qaysi ligada faoliyat olib borishi barcha uchun birdek qiziq edi.

Tecno

Bu o‘zini uzoq kuttirmadi va Qahramonovga yaqin manbalarning ma’lumot berishicha, hamyurtimiz kutilmaganda Mahmud Murodov Professional Ligasi bilan shartnoma imzolagan. Albatta, Saidyoqubning imkoniyatlari qanday ekanligini okean ortidagilar ham yaxshi biladi. Shuning uchun u jahonning eng nufuzli promoushenlari bilan yana shartnoma imzolashi aniq. Bu shartnomadan shubhasiz, MPL ligasi yutadi. Chunki, Saidyoqubning janglari yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, okean ortidagilarni ham befarq qoldirmaydi. Mahmud Murodovdan aqlli yurish!

Eslatib o‘tamiz, yurtdoshimiz professional faoliyati mobaynida 9 ta g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!