Ana xolos! Saudiyaliklarga Argentina ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng va’da qilingan "Rolls-Royce Phantom" avtomobillari berilmaydigan bo‘ldi

  • 13.12.2022 17:14
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Argentina - Saudiya Arabistoni uchrashuvida qit’adoshlarimiz 2:1 hisobida zafar quchgandi.

Tecno

Ushbu g‘alabadan keyin ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon futbolchilarning har biriga "Rolls-Royce Phantom" avtomobilini sovg‘a qilishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Ammo mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Yosir Al-Mishal buni inkor etdi.

"Yo‘q, yo‘q. Futbolchilarimiz yurt nomidan g‘urur bilan harakat qildi. Tarixiy o‘yinda vatan sharafini himoya qilish ular uchun sharaf. Mashina haqidagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Albatta, ularga mukofot pullari berildi. Bunday holatlar doim mavjud bo‘lgan.

Ammo saudiyaliklar bonus uchun emas, mamlakat uchun o‘ynaydi, tarix yaratishni muhim deb bilishadi. Ularning ko‘pchiligi Argentina ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng katta mashhurlikka erishdi",-dedi Al-Mishal "Marca" nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!