Ana xolos: Superklub 7 nafar yulduzni tekin olmoqchi

  • 18 noyabr, 2024, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Football London nashrining ma’lum qilishicha, “Chelsi” mutasaddilari keyingi transferlar oynasi davrida bepul qo‘lga kiritiladigan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, “aristokratlar” bor e’tiborini yozda shartnomasi tugaydigan o‘yinchilarga qaratadi va yanvarda ular bilan dastlabki kelishuvlarga erishishga urinib ko‘radi.

Klubning bunday qarorga kelishiga avvalgi yillarda transferlar katta xarajat qilingani va bu moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqishi mumkinligi bilan bog‘liq. Londonliklar erkin agentlarni bepul olish orqali vaziyatni yumatmoqchi.

“Chelsi” Londonga taklif etiladigan futbolchilar ro‘yxatini quyidagicha tuzdi:

Leroy Sane (hujumkor futbolchi, “Bavariya”).

Alfonso Devis (chap qanot himoyachisi, “Bavariya”).

Yozua Kimmix ( yarim himoyachi, “Bavariya”).

Jonatan Devid (hujumchi, “Lill”).

Neymar (qanot hujumchisi, “Al-Hilol”).

Eynjel Gomes (hujumkor futbolchi, “Lill”).

Ferlan Mendi (chap qanot himoyachisi, “Real”).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!