Ana xolos! Superliganing amaldagi chempioni bankrotligi haqida e’lon qildi

  • 28 fevral, 2021, 13:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoyning "Tszyansu Sunin " klubi bankrotligini e’lon qildi, deb xabar bermoqda CGTN.

Tecno

Oldinroq, klub futbolchilarga uch oylik maosh, shuningdek, Superliga chempionligi unvonini qo‘lga kiritgani uchun beriladigan bonusdan qarzdorligi haqida xabar berilgan edi.

Aytish kerakki, “Tszyansu Sunin” atigi to‘rt oy oldin o‘z tarixida birinchi marta Xitoy Superligasi chempionligiga sazovor bo‘lgandi. Fevral oyi boshida esa, Xitoy futbol assotsiatsiyasi tomonidan homiylar brendidan klub nomida foydalanishni taqiqlash bo‘yicha olib borilgan siyosat tufayli klub o‘z nomini “Tszyansu” FK, deb o‘zgartirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!