
Ana xolos! Terma jamoaga chaqirilgan Abbos Fayzullaevning jarohat olgani ma’lum bo‘ldi
TsSKAda harakat qilayotgan legionerimiz Abbosbek Fayzullaev Osiyo Kubogi oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga chaqirilganidan xabaringiz bor.
20 yoshli futbolchi "Krasnodar" bilan o‘yinda engil jarohat olgan. Moskvaga qaytgach, Fayzullaev MRT tekshiruvidan o‘tdi. Uning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar aniqlanmadi. Abbos "armiyachilar" klubi tibbiy shtabidan tuzalishi uchun kerakli tavsiyalarni oldi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi 2024 yilning 12 yanvaridan 10 fevraliga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi. Katanets boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Suriya, Hindiston va Avstraliya bilan bir guruhda o‘ynaydi.
Fikrlar