
Ana xolos: Transferga bir qadam qolganida PSJ Dembeledan voz kechdi
PSJ rahbariyati yozgi transferlar chog‘ida “Barselona” hujumkor futbolchisi Usmon Dembeleni transfer qilishga kirishgan edi.
Parijliklar futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 50 million evro badal pulini to‘lab, o‘yinchini o‘ziniki qilishni rejalashtirgandi. Muzokaralar PSJ uchun ijobiy yakunlandi. Dembele tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgani xabar qilindi.
Lekin so‘nggi daqiqalarda PSJ bu transferni bekor qildi. Mundo Deportivo nashrining yozishicha, PSJ rahbariyati Usmon Dembele jamoaga mavsum boshlangunicha o‘tishini istagan edi.
Biroq, bu transfer biroz cho‘zildi va Frantsiya chempionati boshlanyapti. Dembele yangi jamoaga ko‘chib o‘tishga ulgurmadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Parij klubi endi kelasi yoz Usmon Dembele bilan bog‘lanadigan bo‘ldi. Frantsiyalik futbolchining shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. PSJ o‘shanda badal pulini to‘lashdan qutilib qoladi.
Fikrlar