
Ana xolos. UFC ning P4P reytingida dahshatli o‘zgarishlar yuz berdi
AQShda bo‘lib o‘tgan "UFC 316" turniridan so‘ng promoushen reytingida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Shon O'Mellini muddatdan avval mag‘lub etgan Merab Dvalishvili P4P reytingida 2 pog‘ona ko‘tarilib, 2-o‘ringa chiqib oldi. Og‘ir vazn chempioni Jon Jons esa 1 pog‘ona pastlab, 3-o‘ringa joylashdi.
Shuningdek, "UFC 316" oqshomida Julianna Penya ustidan g‘alaba qozongan Kayla Xarrison ayollar "Pound-for-pound" reytingida 4 pog‘ona yuqorilab, 3-o‘rinni band etdi!
Eslatib o‘tamiz, UFC ning navbatdagi raqamli turniri 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar