Ana xolos: WBO tashkiloti Aleksandr Usikni qattiq ogohlantirdi!
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) rahbariyati mutlaq jahon chempioni, 38 yoshli Aleksandr Usikdan sog‘lig‘i yuzasidan yangilangan tibbiy xulosa taqdim etishni talab qildi. Bu haqda "Boxing Scene" portali xabar berdi.
Bunga sabab sifatida ijtimoiy tarmoqlarda Usikning raqs tushayotgan videosi tarqalishi ko‘rsatilgan. WBO komissiyasi esa bokschining sog‘lig‘i haqidagi rasmiy ma’lumotlarda aniq va asosli dalillar bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
“Tibbiy xulosa batafsil va puxta bo‘lishi, unda janob Usikning joriy sog‘liq holati, tiklanish prognozi va boshqa tasdiqlovchi ma’lumotlar keltirilishi shart. Komissiya izohsiz kechikish yoki noaniqlikka yo‘l qo‘ya olmaydi. Agar bu talab bajarilmasa, biz WBO nizomlariga muvofiq tegishli choralar ko‘rishga majbur bo‘lamiz”, — deyiladi tashkilotning titul janglari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Luis Batista Salasning Usik vakiliga yo‘llagan maktubida.
Avvalroq, Usik sog‘lig‘idagi muammolar sababli WBO yo‘nalishidagi kamarga majburiy da’vogar hisoblangan Jozef Parker bilan jangni kechiktirishni so‘ragan edi.



Fikrlar