
Ana xolos! "Yuventus"ning naqd 9 nafar futbolchisi A Seriyaning navbatdagi turini o‘tkazib yuboradi
Turinning "Yuventus" klubi ertaga A Seriyaning 30-turidan o‘rin olgan "Kalyari"ga qarshi bahsda tarkibda jiddiy yo‘qotishlar bilan harakat qiladi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra ertangi o‘yinda Mattia Perin, Leonardo Spinatstsola, Mario Manjukich, Paulo Dibala, Andrea Bardzali, Xuan Kuadrado, Sami Xedira, Duglas Kosta va Krishtianu Ronaldular aniq maydonga tushishmaydi.
Eslatib o‘tamiz, "Kalyari" - "Yuventus" bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar