Ana xolos: Yuzdan ortiq o‘yin natijasi bekor qilinadi
Niderlandiya chempionati oliy divizionidagi kamida 133 ta o‘yin futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi xatolar sababli haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bu haqida ESPN xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Erediviziyadagi yuzdan ortiq uchrashuv qayta ko‘rib chiqilishi mumkin, chunki ayrim futbolchilar o‘yinlarda qatnashish uchun zarur hujjatlarga ega bo‘lmagan.
Ligadagi ko‘plab o‘yinchilar xalqaro maydonda qatnashish uchun Indoneziya, Surinam yoki Kabo-Verde fuqaroligini olgan. Bu holatda Niderlandiya qonunlariga ko‘ra ular Yevropa Ittifoqi fuqaroligidan mahrum bo‘lib, ishlash ruxsatnomasi olishlari shart edi.
Bir necha yil davomida bu qoidabuzarlikka e’tibor berilmagan. Faqat shu yil bahorida “NAK Breda” klubi bu holatga e’tibor qaratib, uchrashuvlardan birini qayta o‘tkazishni talab qilgan.
Qayd etilishicha, Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi natijani qayta ko‘rib chiqish haqidagi arizani rad etgan, ammo klub apellyatsiya bergan.

Fikrlar