Anastasiya Potapova dugonasiga mag‘lub bo‘ldi
Chexiyaning Praga shahrida Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan o‘tayotgan turnirda chorak final yo‘llanmasi uchun tennischilar bahslashmoqda.
Musobaqaning ikkinchi davrasida rossiyalik Anastasiya Potapova hamda Natalya Vixlyantseva o‘zaro raqobatlashdi. Ular o‘rtasidagi bahsda Natalya 6:4, 2:6, 7:5 hisobida zafar quchdi.
Endi chorak finalda Vixlyantseva chexiyalik Karolina Muxova bilan yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Fikrlar