
Anchelotti Alabaning tez orada safga qaytishiga ishonmoqda
"Real Madrid" jamoasining bosh murabbiyi Karlo Anchelotti himoyachi David Alabaning tez orada jamoaga qaytishini ma’lum qildi.
Avvalroq, futbolchi jarohati tufayli faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Futbolchi hattoki bir necha qadam tashlagandan so‘ng oyog‘ida kuchli og‘riq bo‘layotgani aytilgan edi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Avstriyalik himoyachining tiklanish jarayoni muvaffaqiyatli ketmoqda. Futbolchi, shifokorlar va yordamchi murabbiylar sog‘ayish jarayonidan mamnun.
Fikrlar