Anchelotti: Balki bizni APL tarixidagi eng qiziqarli o‘yin kutayotgandir

  • 17 oktabr, 2020, 15:27
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Mersisayd derbisi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

Ushbu uchrashuvga yaxshi formada etib keldik. Bizni dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri bilan o‘yin kutib turibdi. Qo‘l ostimda yuqori darajadagi futbolchilar jam bo‘lgan. Biz jadvalni boshqarib bormoqdamiz va hammasi joyida.

Oldimizda uzun va salmoqli yo‘l turibdi. Albatta, bu yo‘lda qiyinchilikka duch kelishimiz mumkin. Jiddiy imtihon oldida turibmiz. Boshqa jamoalar o‘sayotganiga qaramay, "Liverpul" favoritligicha qoladi. Balki bizni APL tarixidagi eng qiziqarli o‘yin kutayotgandir".

Premer-liga 5-turidan o‘rin olgan bellashuvda "Everton" "Liverpul"ni mehmon qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!