Anchelotti: “Barselona” bu o‘yinda g‘alaba qozonishga haqli edi"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Barselona"ga qarshi yirik 2:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis ushbu o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"O‘yin oldidan men bu uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun yaxshi himoyalanishimiz kerakligini ta’kidlagan edim. Biz ushbu o‘yinda yomon himoyalandik. Shu bois, ular osonlikcha gol urishdi, pastki blokda yaxshi harakat qila olmadik.
Birinchi bo‘limda esa futbol o‘ynamadik. Tanaffusda futbolchilarimga to‘pni o‘zimizda saqlashga harakat qilishimiz kerakligini aytgan edim.
Biz mazkur bellashuvda jamoa sifatida ham, yakka tartibda ham yaxshi ishlamadik. Albatta natijadan juda afsusdamiz, faqatgina oldinga qarashimiz kerak, boshqa yo‘l yo‘q. Shu bilan birga “Barsa” bugun super o‘yin o‘tkazdi va g‘alaba qozonishga to‘laqonli haqli edi" - dedi italiyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, "qirollik klubi" navbatdagi uchrashuvini 16 yanvar kuni "Celta Vigo"ga qarshi o‘tkazishadi.



Fikrlar