Anchelotti bir qarorga keldi

  • 14.02.2023 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha bir qarorga keldi.

Ma’lumki, italiyalik murabbiy xizmatlariga Braziliya terma jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Qirollik klubi” xo‘jayinlari ham transfer siyosatiga norozilik bildirgan bosh murabbiy o‘rniga boshqa mutaxassis qidiryapti.

Shunga qaramay, Karlo Anchelotti klubdan ketmasligini uqtirdi. Marca nashrining ta’kidlashicha, jamoani Ispaniya chempionati, Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibiga aylantirgan murabbiy shartnomani oxiriga etkazib qo‘yadigan bo‘ldi.

Anchelottining madridliklar bilan tuzgan bitimi 2024 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!