Anchelotti: "Chelsi"ning APLdagi natijalari meni qayg‘uga solyapti"

  • 11 aprel, 2023, 21:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Chelsi"ga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Bu 180 daqiqalik to‘qnashuv. Ertangi bahs hal qiluvchi bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Ammo biroz ustunlikka ega bo‘lib olishimiz mumkin. 

Ertaga mukammal o‘yin namoyish etishni istaymiz. "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvdan farqli o‘laroq, hujum va himoyada xatolarga yo‘l qo‘ymaslik muhim. 

"Chelsi"ning APLdagi natijalari meni qayg‘uga solyapti. Sababi, men u erda ishlaganman va klubning o‘yinlarini kuzatib turaman. Jamoaning muxlisiman, desam ham mubolag‘a bo‘lmaydi (kuladi)", - dedi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Real" Madrid 13 aprel sanasiga o‘tar kechasi tunda "Chelsi" bilan kuch sinashadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!