
Anchelotti dunyoning eng zo‘r jamoasi nomini aytdi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ayni paytda jahonning eng zo‘r jamoasi qaysi ekani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
- Buyuk klublarda murabbiylik qilish baxtiga muyassar bo‘ldim. Ayniqsa, “Milan”ga o‘zgacha bog‘lanib qolganman, chunki futbolchi sifatida o‘sha jamoa to‘p tepdim. Lekin “Real” dunyodagi eng yaxshi klub, bunga hech qanday shubha bo‘lishi mumkin emas, - dedi Karlo Anchelotti.
Madridliklar italiyalik mutaxassis qo‘l ostida o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionligi va Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Karlo Anchelotti bosh murabbiy sifatida “Parma”, “Yuventus”, “Milan”, “Pari Sen-Jermen”, “Chelsi”, “Bavariya”, “Napoli” va “Everton” kabi klublarda faoliyat yuritgan.
Fikrlar