Anchelotti EChL finalidan oldin ikki futbolchi haqida gapirdi

  • 21 may, 2022, 14:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Betis"ga qarshi so‘nggi o‘yindan keyin (0:0), Chempionlar ligasi finalida David Alaba va Garet Beyl o‘ynashi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Bugungi bahsda tavakkal qilishni istamadim, ammo Alaba "Liverpul"ga qarshi uchrashuvda 100 foiz maydonga tushadi. U 26 apreldan beri o‘yin amaliyotisiz qolmoqda, biroq hal qiluvchi bellashuvda nafaqat uning ajoyib o‘yini, balki mahorati va tajribasi ham muhim rol o‘ynaydi. Beylning formasi yaxshi bo‘lganida, bugun o‘ynashi va muxlislar bilan xayrlashishi mumkin edi. Afsus! Ammo, unda hali imkoniyat bor. Ehtimol, Garetni finalda maydonga tushirarmiz", - deydi Anchelotti.

Eslatib o‘tamiz, Alaba "Manchester Siti"ga qarshi javob yarim finalidan beri maydonga tushmayapti, Beyl esa so‘nggi olti hafta ichida bir marta zaxiradan bahsga qo‘shilgan.

"Real" Madrid Chempionlar ligasi finalida "Liverpul" bilan o‘ynaydi. O‘yin 28 may kuni Parijdagi "Stad de Frans" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!