Anchelotti effekti: "Everton" 82 yillik tarixni takrorladi

  • 26 sentabr, 2020, 22:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Angliya premer-ligasining 3-turida “Everton” safarda “Kristal Pelas” mehmoni bo‘ldi.

Karlo Anchelotti boshchiligidagi jamoa mavsumning dastlabki 5 ta rasmiy bahsining barchasida zafar quchdi. Ushbu g‘alabalarning 3 tasi APLda, 2 tasi Angliya liga kubogida qo‘lga kiritildi.

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra, “Everton” 1938 yildan buyon ilk bor mavsumni ketma-ket 5 ta g‘alaba bilan boshladi.

Eslatib o‘tamiz, Anchelotti “irischilar”ni 2019 yilning dekabridan buyon boshqarib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!