
Anchelotti Endrik va Gyuler haqida gapirdi
Karlo Anchelotti Endrik va Arda Gyuler bilan ishlash haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ular juda tez o‘rganishmoqda. Maslahat va ko‘rsatmalarga e’tibor berishadi. Futbolchilar o‘sishni va yanada yaxshiroq bo‘lishga harakat qilishadi. Qiziq, Vinisius, Rodrigo, Bellingem va Kamavinga endi yosh o‘yinchilar hisoblanmaydi, - dedi "Real" bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, turkiyalik yosh iste’dod egasi Arda Gyuler o‘tgan yili yozgi transferlar oynasida, Braziliyaning kelajagi deya e’tirof etilayotgan Endrik esa "Kopa Amerika-2024" turniridan so‘ng "qirollik klubi" tarkibiga kelib qo‘shildi.
Fikrlar