
Anchelotti gol urishni bilmaydigan hujumning ketishiga yo‘l qo‘ymayapti
“Real” rahbariyati Madridga kelganidan beri o‘yini qovushmayotgan serbiyalik hujumchi Luka Yovichni boshqa jamoaga ijaraga berib yubormoqchi bo‘lyapti.
Biroq, jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bu transferga qarshi chiqdi. Italiyalik mutaxassis o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa klubga o‘tishni rejalashtirgan o‘yinchini jamoada qolishga ko‘ndirmoqchi.
Ayni paytda Yovichni “Fiorentina” o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Florentsiyalar yanvarda asosiy hujumchisi Dushan Vlaxovichni “Yuventus”ga sotib yuborgan. Keyin “Gerta”dan ijaraga chaqirtirilgan Kshishtof Pyontek ham mavsum yakunlanishi bilan ortga qaytib ketdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘nga yaqin klub Yovichni o‘z safida ko‘rmoqchi.
Fikrlar