Anchelotti: "Gyuler va Endrik iqtidorli, biroq..."

  • 8 noyabr, 2024, 17:44
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning yosh va iqtidorli futbolchilari Arda Gyuler va Endrikka nima sababdan kam o‘yin amaliyoti berilayotgani haqida gapirdi.

- Endrik va Arda o‘ynashga tayyor. Jamoaviy mashg‘ulotlarda yaxshi mashq qilishmoqda. Ular yosh, iqtidorli o‘yinchilar. Biroq, bizning hozirgi maqsadimiz - yosh futbolchilarga vaqt berish emas. Jamoadagi holatni yaxshilashimiz zarur, - dedi jamoa ustozi.

Ma’lumot uchun, turkiyalik yarim himoyachi joriy mavsum umumiy hisobda 10 ta bahsda maydonga tushgan bo‘lsa, Endrik jami 9 ta bahsda 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!