
Anchelotti: “Hozir rotatsiya qilishim juda qiyin”
“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Rayo Valekano”ga qarshi o‘yindan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis navbatdagi uchashuv va frantsiyalik futbolchilarning jismoniy holati haqida gapirdi.
“Ertangi to‘qnashuv oson bo‘lmasligi aniq. Sababi raqib jamoa safida sifatli o‘yinchilar etarlicha. "Atalanta" bilan o‘yindan so‘ng esa futbolchilarim tez tiklanishdi, bu meni xursand qildi. Bundan tashqari, hozir bizda 14 - 15 ta o‘yinchilar borligi sabab, biror kimgadir dam berishim qiyin.
Mbappe ertangi uchrashuvda ishtirok etmaydi. Uning jarohati jiddiy emas, faqatgina dam olishi kerak. Garchi biz bilan Qit’alararo kubogining finaliga borsa ham maydonga tushishini bilmaymiz. Kamavinga esa jarohatdan forig‘ bo‘lib, safimizga qaytdi" - dedi italiyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, La Liganing 17-tur doirasida “qirollik klubi” “Rayo Valekano” bilan kuch sinashadi. Ushbu bahsdan so‘ng Qit’alararo kubok finaliga yo‘l oladi.
Fikrlar