Anchelotti La ligaga qaytishi mumkin

  • 3 fevral, 2018, 13:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti faoliyatini yana La ligada davom ettirishi mumkin.

Tecno

Aniqrog‘i, Bilbaoning “Atletik” klubi klubning hozirgi bosh murabbiyi Xose Sigandaning o‘rniga italiyalik mutaxassisni taklif etmoqchi. El Gol Digital xabariga ko‘ra, klub rahbarlari uning ishidan qoniqish hosil qilmayapti.

Ma’lumot uchun, Anchelotti 2017 yilning sentyabr oyidan buyon ishsiz yuribdi.

“Atletik” esa 9 turdan buyon mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda. Ular Evropa ligasi 1/16 final bosqichida Moskvaning “Spartak” klubiga qarshi bahs olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!