
Anchelotti Mbappening axvoli haqida gapirdi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Kilian Mbappening holati haqida gapirdi.
-Mbappe o‘zini juda yaxshi his qilyapti. Unga shu 15 kunlik dam olish kerak edi. Hozir u mavsum boshiga qaraganda ancha klubga moslashdi. Shvetsiyadagi ta’til? Menga futbolchilar qaerga borib, dam olishi umuman qiziq emas. Masalan men Londonga bordim,-dedi italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Kilian oktyabr oyida Frantsiya termasiga bormadi.
"Qirollik klubi"ning navbatdagi o‘yini 19 oktyabr kuni "Santiago Bernabeo"da "Selta"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar