Anchelotti: Menda allaqachon sovg‘a bor!

  • 17 dekabr, 2023, 04:16
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti "Real" bilan shartnomasini uzaytirish haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassisning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Murabbiy Braziliya terma jamoasi bilan kelishib olganiga qaramay, tomonlar shartnomani uzaytirishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

- Rojdestvo sovg‘asi sifatida shartnoma uzaytirilishini kutyapsizmi?

- Yo‘q, o‘ylaymanki, menda allaqachon sovg‘a bor - men "Real Madrid" murabbiyiman. O‘ylashga vaqtimiz bor.

Umid qilamanki, sovg‘a ertangi uchrashuvdagi g‘alaba bo‘ladi", - dedi Anchelotti.

17 dekabr kuni Madridning “Real” klubi La Liganing 17-turi doirasida “Vilyarreal”ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!