
Anchelotti nima sababdan Endrikka kam o‘yin amaliyoti berilayotgani haqida gapirdi
Karlo Anchelotti Endrikning "Real"dagi o‘yinlari haqidagi savolga javob berdi.
- Taxminan bir yil oldin siz: "Men Brahimga nisbatan adolatsiz bo‘lishim mumkin" degan edingiz. Endi vaziyat Endrik bilan takrorlanyapti deb o‘ylamaysizmi?
- Ha, men nohaq bo‘lishim mumkin. Sababi u yaxshi mashg‘ulot o‘tkazadi, o‘ta jiddiy va juda yuqori saviyali futbolchi ekanligi ayon.
Biroq gap shundaki, boshqa tomondan uning oldida Vinisius, Rodrigo, Mbappe bor. U biroz sabr qilishi kerak, - dedi "Los-Blankos" bosh murabbiyi.
Fikrlar