Anchelotti o‘yindan keyin raqib futbolchisini maqtadi va hakamdan norozi bo‘ldi

  • 16 fevral, 2022, 07:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi doirasidagi PSJdan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berib o‘tdi.

Tecno

"Biz yutqazdik, lekin bu duelning birinchi qismi. O‘z maydonimizda bugungidan ko‘ra yaxshiroq o‘ynaymiz. 

Raqib yaxshi harakat qildi, biroq bizda ko‘plab muammolar bor edi. Biz hujum chizig‘iga to‘pni etkazib bera olmadik. PSJning bosimini engolmadik. Uzatmalarda xatolar bo‘ldi. To‘p bilan yaxshiroq ishlash kerak. 

Mbappe – Evropaning eng yaxshi futbolchisi. U farqni yuzaga keltirdi va jamoasiga g‘alaba olib keldi. Mendi va Kazemiro o‘rnini to‘ldiramiz. Ammo Orsatoga (uchrashuvni boshqargan hakam) o‘sha sariq kartochkalar bahsli ekanligini aytdim", - dedi murabbiy. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!