Anchelotti o‘zi o‘rnatgan rekordga munosabat bildirdi

  • 19 dekabr, 2024, 09:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Real” Qita’alararo kubokni qo‘lga kiritdi. Ushbu musobaqada Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi sifatida ishtirok etgan madridliklar hal qiluvchi bahsda Meksikaning  “Pachuka” jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Bu italiyalik mutaxassisning “Real” bosh murabbiyi sifatida qo‘lga kiritgan 15-sovrini bo‘ldi. Tarixiy voqeadan keyin Anchelotti o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- “Real” bilan 15 ta sovrin yutish – ajoyib natija! Bu muvaffaqiyatga chin dildan xursandman. Uchrashuv oson kechgani yo‘q. Kutilmagan raqib bilan haftaning o‘rtasida o‘ynash osonemas.

Bu g‘alaba jarog‘atlar va sinovlarga to‘la murakkab, lekin fantastik yilning kulminatsion nuqtasi bo‘ldi. 2024 ylni bundan zo‘r yakunlashni aqlbovar qilmaydi.

Biroq “Real”da talab etilganidek, biz 2025 yilni bundanda yorqin g‘alabalar bilan o‘tkazish haqida bosh qotira boshladik, - dedi Karlo Anchelotti.

Karlo Anchelotti “Real”da ilk bor 2013-2015 yillar ishlagan. Keyin 2021 yilda yana jamoani qabul qilib oldi. Italiyalik mutaxassis hozirga qadar “Real” bilan uch bor Chempionlar ligasi va ikki marta Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqan.

Uning hisobida ikkitadan Ispaniya kubogi va Superkubogi, uchda UEFA Superkubogi, bitta Qit’alararo kubok va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikki bosh sovrini bor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!