Anchelotti "Real" hujumida kimni ko‘rmoqchiligi ma’lum! U Mbappe emas

  • 22 iyul, 2023, 20:21
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovichni o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi. 

"SportMediaset" xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis serbiyalik futbolchi bilan gaplashib olgan. 

Madridning "Real" klubi Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, ammo kelishuv amalga oshishiga ishonchi komil emas. Shu sabab, ular boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda. 

Vlaxovich o‘tgan mavsum "Yuventus" tarkibida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!