Anchelotti "Real Madrid"ni tark etadimi? Murabbiyning shaxsan o‘zi javob berdi!

  • 21 yanvar, 18:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘zining kelajagi haqidagi savollarga to‘liq javob berdi. 
 
"Qirollik klubi"da hamma men bilan yaxshi munosabatda bo‘lishadi. Ko‘plab muxlislar ham, shuningdek, ommaviy axborot vositalari ham meni qo‘llab-quvvatlaydi. Men kelgan kunimdan buyon buni his qilib kelaman. 
 
Agarda "qaymoqranglilar"dan ketishim haqida so‘rasangiz - men hech qachon Ispaniyadan ketishni o‘ylamaganman. Albatta, to‘rt yil davomida qolishga umid qilaman, xuddi prezidentimiz Florentino Perec kabi. 2029 yil birgalikda katta xayrlashuvni amalga oshirish esa juda yaxshi yakun bo‘lar edi" - dedi italiyalik mutaxassis.

Ma’lumot o‘rnida, "Real Madrid" Evropa Chempionlar ligasining 7-tur doirasida "Zaltsburg" bilan to‘qnash keladi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!