Anchelotti "Real"dagi 2 ta sobiq shogirdini "Everton"ga olib kelmoqchi

  • 4 aprel, 2020, 14:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Real" Madridning ikki nafar futbolchisi bilan o‘z jamoasi tarkibini kuchaytirmoqchi.

Tecno

Marca nashrining xabar berishicha, italiyalik mutaxassis bu borada kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges va uelslik vinger Garet Beyllarni ko‘zlamoqda. Ushbu ikki futbolchi “qirollik klubi” ustozi Zinedin Zidanni rejalariga kirmaydi va shu bois rahbariyat ularni sotib yuborishi mumkin.

Aytish kerakki, Anchelotti 2013-2015 yillarda “Real”da ushbu futbolchilar bilan birga faoliyat olib borgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!