
Anchelotti "Real"ning g‘alaba qozonish sirini aytdi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Madrid klubining raqiblar ustidan g‘alaba qozonishda yordam beradigan strategiya haqida gapirdi
“Biz charchoq strategiyasidan foydalanmoqdamiz. Biz raqibni aldab, ular charchab qoldi, deb o‘ylashga majbur qilamiz. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida barcha ustunliklardan foydalanamiz”, dedi Anchelotti Madrid derbisidan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Ma’lumot o‘rnida, "Real" - "Atletiko" uchrashuvi bugun, 18 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 00.00 da boshlanadi. Hozirda "qirollik klubi" hisobida 15 ochko mavjud.
Fikrlar