Anchelotti: “Saloh? Bu bizga ajoyib motivatsiya bo‘ladi”
Hafta so‘ngida Chempionlar ligasining final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda "Real" va "Liverpul" jamoalari to‘qnash keladi.
"Qirollik klubi" ustozi Karlo Anchelotti ushbu uchrashuv oldidan “qizillar” hujumchisi Muhammad Saloh haqida gapirdi. “Salohning qasos olish haqidagi so‘zlari? Bu biz uchun ajoyib motivatsiya bo‘ladi.
Ammo 1981 yilda “Real” “Liverpul”ga mag‘lub bo‘lganini eslatib o‘tmoqchiman. Shuning uchun bizda ham ulardan o‘ch olish istagi bor. "Real Madrid" raqibni hurmat qiladi. Ular haqiqatan ham kuchli jamoa.
Lekin biz La Liga chempionligini qo‘lga kiritdik va finalga ajoyib kayfiyatda bormoqdamiz”, - deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi “Marca”.
Eslatib o‘tamiz, "Real Madrid" - "Liverpul" uchrashuvi 28 may kuni Frantsiya poytaxtida bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar