Anchelotti: Stress va bosim mening yonilg‘im
Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi chorak finali oldidan bo‘layotgan bosim haqida gapirdi.
Bugun tunda "Real" chorak finalning dastlabki uchrashuvida "Manchester Siti"ni qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.
"Bunday o‘yinlar oldidan juda asabiylashaman. Mag‘lubiyat og‘riq, g‘alaba esa engillik keltiradi. Unvonlar baxt olib ketadi.
Og‘riq sizni tirik qoldiradi. Stress va bosim mening yonilg‘im", - dedi "qaymoqranglilar" ustozi.

Fikrlar