
Anchelotti Xoland haqidagi savolga javob berishni istamadi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xolandning transferi haqidagi mish-mishlarga izoh berishdan bosh tortdi.
“Men Xoland haqidagi savollarga javob bermayman. U boshqa jamoaning futbolchisi, shu bois, hech narsa deya olmayman”, dedi Anchelotti Ispaniya chempionati doirasidagi “Xetafe”ga qarshi o‘yin oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, yozda Xoland "Real"ga o‘tishi mumkin edi, biroq norvegiyalik "Manchester Siti" bilan shartnoma imzoladi. Ma’lumot o‘rnida, norvegiyalik futbolchi ayni paytda Angliya Premer ligasi va Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.
Fikrlar