Anchelottining fikri o‘zgardi

  • 13 dekabr, 2021, 16:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Serbiyalik hujumchi Luka Yovichning "Real"dagi pozitsiyasi so‘nggi paytlarda keskin o‘zgardi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, Yovich qishki transferlar davrida "qirollik klubi"ni tark etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi, biroq uning La Ligada "Real Sosedad"ga (2:0) va Chempionlar ligasi doirasida "Inter"ga (2:0) qarshi o‘yinlardagi harakatlari murabbiylar shtabining u haqdagi fikrlarini o‘zgartirishga majbur qildi.

Qayd etilishicha, "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti serb futbolchisiga katta ishonch bildira boshlagan.

23 yoshli Yovich joriy mavsum "Real" safida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!