"Andijon" - "Bunyodkor" o‘yini oldidan. "Burgutlar" hali "Qaldirg‘ochlar"ni yutmagan!

  • 15.03.2023 12:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol

18 mart kuni “Andijon” jamoamiz Superliganing 3-turida Toshkentning “Bunyodkor” klubini qabul qiladi.

Xabaringiz bor, “Andijon”ning uy o‘yinlari o‘tkaziladigan “Bobur Arena” stadionida ayni paytda rekonstruktsiya ishlari olib borilayotgani tufayli jamoamiz vaqtincha Farg‘onaning “Istiqlol” stadionidan foydalanib turadi.

“Andijon” – “Bunyodkor” qarama-qarshiligi oldidan odatga ko‘ra ikki jamoaning shu paytgacha Superligadagi o‘zaro o‘yinlari tarixiga nazar tashlamoqchimiz.

“Burgutlar” hamda “Qaldirg‘ochlar” kuchlilar orasida 24 marta to‘qnashishdi va navbatdagisi 25-o‘yinga aylanadi. Taassufki, hozirgacha jamoamizga “Bunyodkor”ni mag‘lub etish nasib qilgani yo‘q. Jamoamiz faqat 6 ta uchrashuvda durang natija qayd etgan. Qolgan 18 ta uchrashuvda “Bunyodkor” jamoasining qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati 8/47 “Bunyodkor” foydasiga.

“Andijon” klubi oxirgi bor 2020 yilgi mavsumda “Bunyodkor” bilan 0:0 hisobida durang qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘yin 18 mart kuni soat 17:00 ga belgilangan.

“Andijon” matbuot xizmati.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
15/03/2023 13:10
Бургутлар Бунёдкорга к,арши у'йинда К,алдиргочга айланиб к,олади ана шунинг учун доимо ютказади